MOVAROUNNAHRLIK MUHADDISLARNING ILMIY SAFARLARI VA SAFAR YO‘LLARI GEOGRAFIYASI
DOI:
https://doi.org/10.47390/SPR1342V4SI10Y2024N06Ключевые слова:
Hadis, sayohat, madrasa, Samarqand, shahar, geografiya, yo‘l, chegara, hudud, dengiz, daryo, karvon, tuyaАннотация
Bu maqolada, "rihla" so‘zining lug‘at va hadis atamasi sifatidagi ma'nolari tahlil qilinadi. Lug‘atda, "rihla" so‘zi "ko‘rish, sayohat qilish va biror narsaning ortiga minish" degan ma'nolarni anglatadi. Hadis ilmining o‘rganilishi doirasida esa "ar-rihla fi talabul-hadis" deb atalib, hadisni o‘rganish, roviyni bilish va mashhur muhaddislardan rivoyat oli sh uchun safarga chiqish maqsadini bildiradi. Bu safarga chiqqan kishilarga "rohil" deyilsa, ko‘p sayohat qilganlarga esa "rahhol" yoki "javvol" nomi berilgan. Fuat Sezginning fikriga ko‘ra, rihla hadislarni jamlash, muhim muhaddislar bilan uchrashish va hadis haqida ma'lumot olish maqsadida amalga oshirilgan ilmiy sayohatni ifodalaydi. Sharqshunos Ignaz Goldziher esa rihlaning dastlabki uch asrdagi og‘zaki hadislarni yig‘ish faoliyati sifatida ahamiyatini ta'kidlaydi. Maqolada rihlaning hadis ilmining tarixi va rivojlanishidagi o‘rni, shuningdek, Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Movarounnahrlik muhaddislarning ilmiy sayohatlari geografiyasi hamda bu hududda hadis ilmini rivojlanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy, madaniy, siyosiy va iqtisodiy omillar tahlil qilinadi.
Библиографические ссылки
1. İbn Xavqal, Abul-Qosim Muhammad (367/977), Suratul-Ard, thk. Kramer-Johannes Heind, Leiden 1938.
2. Sam’oni, Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhamad ibn Mansur (562/1166), Kitabul-Ansob, thk. Abdulloh Umar al-Barudi, Darul-jannan, I-V, Bayrut 1988.
3. Hatib Bag‘dodiy Abu Bakr Ahmad ibn Ali (463/1070), Tarixi Bag‘dod Madinati’s- Salam, thk. Bashshar Avvad Ma‟ruf, Daru‟l-G‘arbil-İslami, I-XVII, Bayrut 2001.
4. Sandıkçı, S. Kemal, İlk Üç Asırda İslam Coğrafyasında Hadis, D.İ.B. Yayınları, Ankara 1991.
5. Topaloğlu, Nuri, Selçuklu Devri Muhaddisleri, Ankara: Diyanet İşleri Başkanlığı, 1988.
6. Demirci, Mustafa, „‟Türk İslam Medeniytinin İkinci Dalgası: Orta Asya‟da Bilim ve Düşüncenin Dinamikleri, Uluslararası Türk Dünyasının İslamiyete Katkıları Sempozyumu, Isparta 2007