TALABALARDA FALSAFIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V4SI9Y2024N30Kalit so'zlar
Falsafiy dunyoqarash, talabalarda tanqidiy fikrlash, falsafa fanini oʻqitish, interaktiv oʻqitish usullari, falsafiy taʼlim, jamiyat qadriyatlari, metodologik yondashuvlar, global tafakkur, taʼlim tizimi.Annotasiya
Mazkur maqolada talabalarda falsafiy dunyoqarashni shakllantirishning dolzarb masalalari tahlil qilinadi. Falsafiy dunyoqarash, talabalar uchun nafaqat ilmiy va akademik bilimlarni oʻzlashtirish, balki hayotiy qarorlar qabul qilishda, ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni anglashda ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada falsafiy dunyoqarashni shakllantirishda duch kelinadigan asosiy muammolar, jumladan, talabalarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, falsafiy bilimlarni oʻqitishning samarali metodlari, falsafa fanining amaliy ahamiyati va jamiyatdagi oʻrni muhokama qilinadi. Shuningdek, falsafiy taʼlimni modernizatsiya qilish, interaktiv oʻqitish usullarini qoʻllash va talabalarni global miqyosda oʻylashga yoʻnaltirish masalalari ham koʻrib chiqiladi. Maqolada taʼlim tizimining falsafiy taʼlimni yanada samarali va jozibador qilish uchun zarur choralar va innovatsion yondashuvlar taklif qilinadi.
Manbalar
1. Akademik M.M.Xayrullaevning ilmiy me’rosi va falsafa fanlarining dolzarb masalalari mavzusida ilmiy-nazariy seminar materiallari. –T.: 1-kitob, O‘zR FA Falsafa va huquq instituti, 2011.
2. N.Jo‘rayev. “Taxayyul, tasavvur, tafakkur”. 193-bet, T., “Yangi asr avlodi”, 2015-yil.
3. Ruzmatova G, Karimov R, “Falsafa tarixi: Eng yangi davr g‘arb falsafasi”, 81-bet, T., “Universitet”, 2017.
4. "Emergence of the history of Chinese philosophy", Comparative Approaches to Chinese Philosophy. Cua, Anthony S.
5. D.Rutherford (ed.), The Cambridge Companion to Early Modern Philosophy (Cambridge UP, 2006)