DAVLAT BUDJETINING DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I5Y2025N23Kalit so'zlar
Davlat budjeti, daromadlar qismi, soliq siyosati, budjet tushumlari, fiskal siyosat, iqtisodiy barqarorlik. budjet daromadlari, soliq yuki.Annotasiya
Mazkur ilmiy maqolada davlat budjetining daromadlar qismini shakllantirish jarayonlari, ularning iqtisodiy mazmuni, asosiy manbalari va zamonaviy yondashuvlar chuqur tahlil qilinadi. Davlat budjeti har qanday davlat moliyaviy siyosatining markaziy vositasi boʻlib, uning daromadlar qismi iqtisodiy rivojlanishning, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirishning hamda davlat funksiyalarini toʻliq amalga oshirishning asosiy kafolati hisoblanadi. Maqolada budjet daromadlarining asosini tashkil etuvchi soliq va nosoliq tushumlari, ularning tarkibi va oʻzgaruvchanligi, fiskal siyosat bilan bogʻliq xususiyatlar keng yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi misolida davlat budjetining daromadlar qismi dinamikasi, uni shakllantirishdagi zamonaviy islohotlar, raqamli iqtisodiyot taʼsiri, soliq yigʻiluvchanligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar va budjet barqarorligini taʼminlashga qaratilgan strategik yoʻnalishlar tahlil etilgan. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida budjet daromadlarini oshirishning samarali usullari oʻrganilib, milliy moliyaviy tizimga moslashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 2020 y.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti – www.mf.uz
3. Jahon banki hisobotlari – www.worldbank.org
4. IMF – "Fiscal Monitor Report", 2023