TALABALARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Mualliflar

  • Mavjuda Madaminova

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I6Y2025N83

Kalit so'zlar

ijod, ixtirochilik, kreativlik, texnik ijodkorlik, ijodiy faoliyat, texnik kreativlik, texnologik taʼlim.

Annotasiya

Mazkur maqolada talabalar texnik ijodkorligini rivojlantirishning nazariy asoslari keng yoritilgan. Texnik ijodkorlik — bu yoshlarning muhandislik-texnik fikrlashini shakllantirish, amaliyotda innovatsion gʻoyalarni ilgari surish va ularni hayotga tatbiq eta olish qobiliyatidir. Muallif tomonidan texnik ijodkorlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shakllanish bosqichlari, taʼlim jarayonidagi oʻrni va ahamiyati nazariy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar, integratsiyalashgan oʻquv faoliyati, loyihaviy ishlar va interfaol usullar orqali talabalarni texnik ijodkorlikka yoʻnaltirish imkoniyatlari koʻrib chiqilgan. Maqolada texnik ijodkorlikni rivojlantirishda motivatsiya, shaxsiy faollik, muammoli vaziyatlar yaratish va ijodiy fikrlashni ragʻbatlantirish kabi omillar muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlangan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali uslubiy tavsiyalar ilgari surilgan. Mazkur maqola oliy taʼlim tizimida ijodiy fikrlaydigan, muammolarni mustaqil hal eta oladigan, innovatsion yondashuvga ega kadrlarni tayyorlashda nazariy va amaliy jihatdan muhim manba boʻlib xizmat qiladi.

Manbalar

1. Sharipov Sh.S. O‘quvchilar kasbiy ijodkorligi uzviyligini ta’minlashning nazariyasi va amaliyoti. Ped.fan.dok.diss. – Toshkent: TDPU, 2012. – B. 38.

2. Hayes J. Cognitive processes in creativity. In J.Glover, R.Ronning, C.Reynolds, Handbook of creativity, - New York: Plenum, 1989.

3. Петровский А.В. сост. Мироненко В.В. Хрестоматия по психологии: учебное пособие / – Москва: Просвещение, 2007. – -Б.345.

4. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Ped. fan. dokt. diss. – Toshkent, 2007. – B. 61.

5. Runco, Mark A. Creativity: Theories and Themes—Research, Development, and Practice. Academic Press, 2007.

6. Torrance, E. Paul. Guiding Creative Talent. Prentice-Hall, 1962.

7. Guilford, J.P. "Creativity." American Psychologist, vol. 5, no. 9, 1950, pp. 444–454.

##submission.downloads##

Yuborilgan

2025-06-15

Nashr qilingan

2025-06-16

Qanday ko'rsatish

Madaminova , M. (2025). TALABALARNING TEXNIK IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5(6), 524–529. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I6Y2025N83