DEMOGRAFIK JARAYONLAR, MIGRATSIYA VA URBANIZATSIYANING MADANIYATLARARO DIALOGGA TAʼSIRI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I7Y2025N17Kalit so'zlar
demografiya, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya, madaniyat, mentalitet, identitet, emigrant, axloq, madaniyatlararo dialog, madaniy xilma-xillik, qadriyat.Annotasiya
Ushbu maqolada jamiyatda kechayotgan turli jarayonlar, xususan, demografik oʻzgarishlar, aholi migratsiyasi va urbanizatsiyaning madaniyatlarga koʻrsatayotgan taʼsiri asosiy mavzu sifatida oʻrganiladi. Mazkur jarayonlar tufayli madaniyatlarning transformatsiyasi, xalqlarning mentaliteti va milliy oʻzligini anglash (identitet) jarayonlari shakllanishi tahlil qilinadi. Madaniy munosabatlarga turli hududlarda yuz berayotgan demografik jarayonlar, aholining koʻchishi va urbanizatsiya kabi omillarning aks etishi falsafiy tahlil qilinadi. Ushbu tahlil orqali madaniyatlararo munosabatlardagi oʻzgarishlar, yangi madaniy shakllarning paydo boʻlishi va anʼanaviy madaniyatlarning evolyutsiyasi kabi jihatlar koʻrib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, global migratsiya oqimlari, shaharlashuvning madaniy landshaftga taʼsiri, anʼanaviy qadriyatlarning zamonaviy sharoitda saqlanib qolinishi yoki oʻzgarishi masalalari ham chuqur tahlil qilinadi. Ushbu tahliliy yondashuv madaniyatlararo munosabatlarning murakkab dinamikasini tushunishga va madaniyatlarning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilishga yordam beradi.
Manbalar
1. Ravenstein Е.G. The laws of migration // Journal of Statistical Society of London.Vol .48, № 2 .London, (June 1885). – Р. 167-235.
2. Алимов С.К. Аҳоли миграцияси ижтимоий-ахлоқий муҳит трансформацияси омили сифатида. – Фалсафа фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. Тошкент.: 2022. - Б. 49.
3. Avazov S.E. Mehnat migratsiyasi: mazmun va shakl, sabab va oqibat dialektikasi. – Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Buxoro.: 2024. - B. 49.
4. Axmedova D.O. Oʻzbekistonda xotin-qizlar mehnat migratsiyasining ijtimoiy omillari. – Sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent.: 2023. - B. 55.
5. Akbarjonovich, M. A. (2023). Historical Analysis of Population Migration. International Journal on Orange Technologies, 5(4), 68-70.
6. MANSUROV, A. (2024). Development stages of migration from a historical point of view. «ACTA NUUz», 1(1.1), 108-111.