OʻZBEKISTONDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHNING DOLZARB MASALALARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I9Y2025N10Kalit so'zlar
axborot xavfsizligi, milliy manfaat, axborot siyosati, kiberjinoyatchilik, internet tahdidlari, buzgʻunchi gʻoyalar, mafkuraviy immunitet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xalqaro hamkorlik, milliy qadriyatlar.Annotasiya
Mazkur maqolada Oʻzbekistonda axborot xavfsizligini taʼminlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari tahlil qilingan. XXI asrni “axborotlashgan jamiyat” davri sifatida tavsiflash mumkin boʻlib, ushbu davrda axborot insoniyat hayoti, tafakkuri va jamiyat taraqqiyotiga ijobiy hamda salbiy taʼsir oʻtkazuvchi qudratli vositaga aylandi. Shu nuqtai nazardan, axborot xavfsizligini kafolatlash, milliy manfaatlarni himoya qilish hamda yoshlar ongini turli buzgʻunchi gʻoyalardan asrash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Maqolada axborot siyosati va milliy xavfsizlik oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik yoritilib, internet makonidagi salbiy oqimlar – yolgʻon xabarlar, buzgʻunchi gʻoyalar, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi madaniyatsizlik va kiberjinoyatchilik kabi tahdidlar misolida masalaning murakkabligi koʻrsatib berilgan. Shuningdek, davlat miqyosida axborot xavfsizligini taʼminlashning asosiy strategiyalari – shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, kompyuter tarmoqlarini xavfsizligini mustahkamlash, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Manbalar
1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
2. To‘raqulov H., Xolmuminov B. Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
3. Sodiqov A., Abdurahmonov M. Axborotlashgan jamiyat falsafasi: nazariya va amaliyot. – Toshkent: Ma’naviyat, 2019.
4. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
5. Castells M. The Information Age: Economy, Society and Culture. – Oxford: Blackwell, 2010.
6. Qodirova D., Ochildiyev M. Globalizatsiya sharoitida axborot xavfsizligi muammolari. – Samarqand: SamDU nashriyoti, 2022.
7. Yuldasheva D. Philosophical Aspects of Bioethics Problems in Modern Science. – 2023.
8. Yuldasheva D. Bioethics in the context of modern science //American Journal of Research in Humanities and Social Sciences. – 2022. – Т. 6. – С. 49-54.
9. Юлдашева Д. Ю. Цифровые технологии в учебном процессе в условиях пандемии //Конференция состоялась. – 2022. – Т. 5. – С. 100.
10. Ganiyev E. Stages of development and impact on social life of an informed society in Uzbekistan //Western European Journal of Historical Events and Social Science. – 2024. – Т. 2. – №. 11. – С. 17-20.
11. Ризаев И. И. Синергетический подход к самоорганизации социальных систем //Редакционная коллегия. – 2020. – Т. 294.
12. Усмонов Ф. Н., Усмонова Л. Р. Рациональный анализ восточной миниатюры //Молодой ученый. – 2016. – №. 2. – С. 987-991.