XIX-XX ASRLAR DOSTONCHILIGIDA ADABIY TAʼSIR MASALASI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I12Y2025N63Kalit so'zlar
novatorlik, janr unsurlari, poema, an’anaviylik, adabiy izdoshlik, badiiy imkoniyat, poetik takomil.Annotasiya
Ushbu maqolada XIX-XX asrlar adabiyotida yaratilgan dostonlarning shakl va mazmun rang-barangligi Tabibiy, Furqat, Miriy dostonnavisligi misolida koʻrib chiqildi. Ular ijodida folklor, mumtoz sheʼriyat anʼanalarining davomiyligi, mavjud anʼanalarga nisbatan ijodiy yondashuv, novatorlik natijasi oʻlaroq yuzaga kelgan nodir namunalar yaratilganligi tadqiq etilgan. Qolaversa, ushbu davr dostonlarining kompozitsion qurilishi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan dostonlardan qolishmaganligi mushohada etiladi. “Vomiq va Azro”, “Yetti ravza”, “Suvorov haqida”, “Yunon mulkida bir afsona”, “Qissasi Salim Javhariy “ kabi dostonlarning gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari talqin etilgan. Shuningdek, ushbu dostonlarning adabiyotimiz rivojidagi oʻrni, dostonlarning poetik jihatdan takomillashib borishi, davr nuqtai nazaridan qolgan janrlar kabi doston janrida ham yangilanish unsurlarining mavjudligi masalalari koʻrib chiqilgan.
Manbalar
1. Mirziyoyev Sh. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –Toshkent O‘zbekiston. 2017.
2. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва форовон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017.
3. A.Jalolov. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi O‘zbek adabiyoti.-Toshkent: “Fan”, 1991.151 b
4. B.Valixo‘jayev.O‘zbek epik poeziyasi tarixidan. -Toshkent: ”Fan”1974.170 bet.
5. Valixo‘jayev B. XIX-XX asrning 2-yarmidagi o‘zbek poemachiligida Alisher Navoiyning traditsiyalari. “Adabiyot va hayot”.-Samarqand,1969.13-20-b.
6. Abdullayev V, Valixo‘jayev B. Miriy va uning zamondoshlari. -Toshkent: ”Fan” 1978. 92-b.
7. Muhiddinov M.Q. Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik.-Toshkent: Ma’naviyat,1990.105-b.
8. Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik (nashrga tayyorlovchi Xolid Rasul).-Toshkent: Badiiy adabiyot,1975. 295-b.
9. G‘anixo‘jayev F. Ahmad Tabibiy. -Toshkent:”Fan”1978.80-b
10. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. -Toshkent: O‘zbekiston, 2008.-536 b.
11. Tabibiy. Tanlangan asarlar. Vomiq va Azro. -Toshkent: Badiiy adabiyot, 1968.-218 b.
12. Miriy. Tanlangan asarlar. -Toshkent: Badiiy adabiyot, 1964.168 b.





