OZODLIKDAN MAHRUM QILISH BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN JAZOLAR IJROSI USTIDAN PROKUROR NAZORATI: MILLIY VA XALQARO TAJRIBA
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I2Y2026N46Kalit so'zlar
prokuror nazorati, jazolar ijrosi, jazoni ijro etuvchi muassasalar, probatsiya xizmati, ozodlikdan mahrum qilishga muqobil jazolar, inson huquqlari, “Tokio qoidalari”. “Nelson Mandela qoidalari”, “Bangkok qoidalari”, Yevropa penitensiar qoidalari, reabilitatsiya va reintegratsiya.Annotasiya
Maqolada jazolarni ijro etuvchi muassasalar va organlar, xususan probatsiya xizmati faoliyati ustidan prokuror nazoratining milliy hamda xalqaro huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Nazorat institutining mohiyati — ijro jarayonida qonuniylik va huquq-tartibot holatini obyektiv baholash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish, shuningdek, mahkumlarning huquq va erkinliklariga rioya etilishini kafolatlashdan iborat ekani asoslanadi. Maqolada BMTning “Nelson Mandela qoidalari”, “Tokio qoidalari”, “Bangkok qoidalari”, shuningdek, yangilangan Yevropa penitensiar qoidalarida belgilangan tashqi va ichki monitoring, mustaqil tekshiruv, insonparvar munosabat, reabilitatsiya va reintegratsiya tamoyillari yoritiladi. Shu bilan birga, qonunchilikda prokuror nazoratining predmeti, vakolatlari va tashkiliy mexanizmi ochib beriladi.
Manbalar
1. Davydova, I. A., Korobova, I. N. & Gumbatov, M. G. 2017, Comparative analysis of the legal regulation of control over institutions and bodies executing punishments in Russia and the Republic of Azerbaijan: study guide, Alternative-R, Ryazan.
2. https://www.unodc.org/documents/justice-and-prison-reform/14-07304_ebook.pdf
4. «Прокурорский надзор в сфере пробации»: Учебно-практ. пособие / Б.Т. Абдымомунова, К.Т. Масалбекова, М.Ш. Ногоева. - Б.: 2025. - 112 с.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasi // https://president.uz/uz/site/documents?menu_id=144&page=36&per-page=15
6. https://lex.uz/uz/docs/-5260791
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023-y // https://lex.uz/docs/6445145#6446165
8. O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida” Qonuni. 29.08.2001-y // https://lex.uz/docs/106197





