HUQUQ VA IMKONIYATLAR MUVOZANATI: OʻZBEKISTONDA GENDER ADOLAT SARI YOʻL
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I4Y2026N46Kalit so'zlar
gender tengligi, xotin-qizlar huquqlari, teng imkoniyatlar, davlat siyosati, Oila kodeksi, BMT maqsadlari, Yangi Oʻzbekiston.Annotasiya
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida gender tengligini taʼminlash yoʻlida amalga
oshirilayotgan islohotlar, ularning huquqiy asoslari va amaliy natijalari yoritilgan. Maqolada “Xotin-qizlar va
erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Ayollarni tazyiq va
zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oila kodeksi normalari asosida gender siyosatining
mazmuni tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda ayollar va erkaklar uchun teng
imkoniyatlarni yaratish, davlat boshqaruvi tizimida gender yondashuvni tatbiq etish boʻyicha qabul qilinayotgan
chora-tadbirlar tahlil etilgan. Ayollarning siyosiy faolligini oshirish, rahbarlik lavozimlarida ularning ulushini
koʻpaytirish, oilaviy munosabatlarda tenglikni taʼminlash, gender stereotiplarni kamaytirish kabi masalalar ilmiynazariy
va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Xulosa oʻrnida, gender tengligi mamlakatda nafaqat huquqiy, balki
maʼnaviy-axloqiy qadriyat sifatida qaralib, jamiyatning barqaror rivojlanishi va “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyalarini
roʻyobga chiqarishda muhim omil ekani taʼkidlanadi.
Manbalar
1. Saxipjamol JOLDASOVA, yuridik fanlari nomzodi. “Gender tenglik ta’minlanadi”
2. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Gender
4. Kun.uz ma’lumotnomasi https://kun.uz/48548464#!
5. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
6. Inson huquqlari, Darslik. Toshkent-2021





