YOSH KURASHCHI QIZLARDA MUVOZANAT QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA RAQS VA HARAKATLI OʻYINLARDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SP1342V5SI3Y2025N38Kalit so'zlar
muvozanat, harakatli oʻyinlar, raqs, yosh kurashchilar, koordinatsiya, jismoniy tarbiya, pedagogika, sport mashgʻulotlari, yosh sportchilar, sport pedagogikasi, integratsion metodikalar.Annotasiya
Ushbu tadqiqotda yosh kurashchi qizlarda muvozanat qobiliyatini rivojlantirishda raqs va harakatli
oʻyinlardan foydalanish texnologiyasining samaradorligi oʻrganilgan. Maqsad yosh sportchilarda muvozanatni
shakllantirish uchun jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga yangi, innovatsion yondashuvlarni joriy etish va uning
samaradorligini tahlil qilishdir. Tadqiqotda 10-12 yoshdagi kurashchi qizlar ishtirok etib, ularga maxsus
tayyorlangan trening dasturi asosida raqs va harakatli oʻyin mashgʻulotlari olib borilgan. Tajribaviy guruhda
ishtirokchilar uchun raqs va harakatli oʻyinlarning jismoniy va psixologik foydalari, shu jumladan, muvozanatni
yaxshilash, koordinatsiyani rivojlantirish, mushaklarni kuchaytirish va umumiy jismoniy holatni yaxshilash koʻzda
tutilgan.
Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, raqs va harakatli oʻyinlar faqat muvozanat qobiliyatini rivojlantirishda
samarali emas, balki yosh sportchilarning psixologik holatini yaxshilashda ham muhim rol oʻynaydi.
Ishtirokchilarda darslarga boʻlgan qiziqish, motivatsiya va faollik oshdi, bu esa ularning umumiy sport faolligini
yuksaltirdi. Tadqiqot davomida oʻtkazilgan testlar natijalariga koʻra, tajribaviy guruh ishtirokchilarida
muvozanatni saqlash qobiliyati aniq oʻsish koʻrsatdi. Misol uchun, Milliy raqs testi va muvozanat platformasida
barqarorlik testi natijalari tajribaviy guruhda sezilarli darajada yaxshilanganligini koʻrsatdi.
Manbalar
1. Акимова, Е. М. Развитие координационных способностей у детей 10-12 лет
средствами подвижных игр / Е. М. Акимова. — М.: Современное образование, 2019.
— 132 b.
2. Ахмедов, Х. Спортивная борьба: методика обучения и тренировки / Х. Ахмедов. —
Ташкент: Фан, 2020. — 188 b.
3. Дьячков, В. М. Координационные способности спортсменов: теория и практика / В.
М. Дьячков. — М.: Олимп, 2017. — 214 с.
4. Турсунов, А. Х., Салимова, Д. Ф. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarida harakatli
oʻyinlardan foydalanish. — Toshkent: OʻzDJTI, 2021. — 95 b.
5. Oʻrinboyev, Sh. J. Raqs mashgʻulotlarining oʻquvchilarning jismoniy va estetik
tarbiyasidagi roli / Sh. J. Oʻrinboyev // Pedagogik mahorat. — 2022. — №3. 45-49 b.
6. Khasanov, B. Coordination Training in Children Aged 10-12: Scientific-Practical Approach
// Journal of Physical Culture and Sport. — 2021. — Vol. 8, No. 2. 67-72 pp.
7. Миронова, Н. С. Формирование равновесия у юных спортсменов средствами
танцевальных упражнений / Н. С. Миронова // Молодой ученый. — 2020. — №18.
212-216 b.
8. Williams, H. G. Development of Motor Skills in Childhood / H. G. Williams. — Champaign:
Human Kinetics, 2018. — 264 p.