OʻZBEK FILOLOGIK TERMINOLOGIYASIDA -IZM QOʻSHIMCHASINING ETIMOLOGIK VA MORFOLOGIK TAHLILI

Mualliflar

  • Barno Qodirova

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I7Y2025N22

Kalit so'zlar

filologik terminologiya, etimologiya, morfologiya, transliteratsiya, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, oʻzlashma terminlar, lotin tili, yunon tili, terminologik tizim, semantik tahlil, lingvistik model.

Annotasiya

Ushbu maqolada “-izm” qoʻshimchasining oʻzbek filologik terminologiyasidagi etimologik manbalari, morfologik shakllanishi, lingvistik funksiyasi hamda semantik jihatlari keng koʻlamda tahlil qilingan. “-izm” affiksining qadimgi yunoncha “-ismos”, lotincha “-ismus”, fransuzcha “-isme” shakllari orqali boshqa tillarga, jumladan rus va undan oʻzbek tiliga oʻtgan evolyutsion yoʻli izohlangan. Maqolada rus va ingliz manbalariga tayangan holda ushbu qoʻshimchaning ot, sifat va baʼzan feʼl asosidan yasalgan terminlarni shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, transliteratsiya yoʻli orqali oʻzbek tiliga oʻzlashgan ilmiy, adabiy, falsafiy va stilistik terminlarning shakl va mazmun jihatidan milliy tilga moslashganligi koʻrsatiladi. Statistik tahlil asosida adabiyotshunoslik va tilshunoslik sohalariga oid jami 47 ta “-izm” qoʻshimchali terminlar aniqlanib, ularning kelib chiqish manbalari (lotin, yunon, fransuz, rus va b.), semantik guruhlari (adabiy oqimlar, til hodisalari, stilistik birliklar) boʻyicha taqsimoti jadval va grafiklar bilan koʻrsatilgan.

Manbalar

1. Богородицкий В.А. Введение в изучение современных романских и германских языков. Издательство литературы на иностранных языках. – Москва, 1959. – C. 11.

2. Грудева Е.В., Иванова И.А. Существительные с формантом -изм как показатель ключевых тем эпохи (на материале газетного подкорпуса нкря) / Вестник Череповецкого государственного университета 2013. № 3. Т. 1. – C. 72.

3. Ефремова, Т.Ф. Новый толково-словообразовательный словарь русского языка / Т.Ф. Ефремова. – М., 2000.

4. Қуронов Д. Адабиётшунослик луғати / Д.Қуронов, З.Мамажонов, М.Шералиева. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – 408 б.

5. Ҳожиев А. Тилшунослик терминларнинг изоҳли луғати. –Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2002. – 168 б.

6. Https://www.etymonline.com/word/-ism

##submission.downloads##

Yuborilgan

2025-07-13

Nashr qilingan

2025-07-15

Qanday ko'rsatish

Qodirova, B. (2025). OʻZBEK FILOLOGIK TERMINOLOGIYASIDA -IZM QOʻSHIMCHASINING ETIMOLOGIK VA MORFOLOGIK TAHLILI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5(7), 145–149. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I7Y2025N22