NEUSTOYKA TOʻLASH JAVOBGARLIK TURI SIFATIDA
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I9Y2025N25Kalit so'zlar
neustoyka, Rim huquqi, stipulatio poenae, shartli kelishuv, shartnoma shartlarini buzish, qarzdor, majburiyat, pul toʻlash, huquqiy taʼminot, shartnoma huquqiAnnotasiya
Maqolada Rim huquqidagi neustoyka instituti tadqiq etilgan. Neustoyka (stipulatio poenae) shartli kelishuv sifatida shartnoma buzgan shaxsni zarar koʻrgan tomonga maʼlum miqdor pul toʻlashga majburlaydi. Tadqiqotda neustoykaning asosiy maqsadi – qarzdorga bosim oʻtkazish va asosiy majburiyatni taʼminlash ekanligi ochib berilgan. Neustoyka toʻlash majburiyati qarzdorning shartnoma buzganligi uchun javobgarligiga bogʻliqligi taʼkidlangan. Maqolada tomonlarning shartnomaga neustoyka shartini kiritish huquqi va buning ahamiyati koʻrsatilgan. Shartnoma buzilishi neustoyka majburiyatini faollashtiruvchi asosiy shart ekanligi, neustoykaning qarzdorni majburiyatni bajarishga majburlovchi mexanizm vazifasini oʻtashi tahlil qilingan.