HAVO TRANSPORTIDA TASHUVCHI JAVOBGARLIGINING NAZARIY DOKTRINASI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I10Y2025N58Kalit so'zlar
Monreal konvensiyasi; qatʼiy javobgarlik; aybga asoslangan javobgarlik; javobgarlikdan ozod boʻlish doktrinasi; beparvolik; cheklangan javobgarlik; qiyosiy javobgarlik; aviatsiya xavfsizligi; yoʻlovchi huquqlari; xalqaro havo huquqi; tashuvchining javobgarligi.Annotasiya
Ushbu maqolada xalqaro havo huquqida tashuvchi javobgarligining nazariy doktrinalari, xususan, 1999-yilgi Monreal konvensiyasining Varshava tizimiga kiritgan yangiliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot Konvensiyaning uch asosiy doktrinalariga eʼtibor qaratadi: qatʼiy javobgarlik, ikki bosqichli javobgarlik tizimi va javobgarlikdan ozod boʻlish (exoneration) doktrinasi. Monreal konvensiyasi yoʻlovchilar huquqlarini mustahkamlash maqsadida qatʼiy javobgarlik konsepsiyasini 100 000 SDRgacha belgiladi va daʼvolarni koʻrib chiqishni soddalashtirdi. Shu bilan birga, u ikki bosqichli tizim orqali qatʼiy javobgarlik va aybga asoslangan javobgarlikni uygʻunlashtirdi hamda 20-modda orqali yoʻlovchi beparvoligi natijasida javobgarlikni kamaytirish yoki bekor qilish imkonini berdi. Bundan tashqari, cheklangan javobgarlik konsepsiyasi tashuvchilar va sugʻurtachilar uchun moliyaviy barqarorlikni taʼminlovchi institut sifatida yoritiladi. Doktrinal-huquqiy tahlil, milliy qonunchilik va sud amaliyoti misolida ushbu mexanizmlar yoʻlovchi manfaatlarini himoya qilish va aviakompaniyalar iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiluvchi gibrid model sifatida baholanadi.
Manbalar
1. Clarke, M. (2013). International Carriage of Goods by Air. Informa Law.
2. Christopher Loxton. Exoneration. The commentary on Montreal convention. A commentary. P 222 http://dx.doi.org/10.4337/9781800889866
3. Committee on Foreign Relations, Senate Executive Report 108-8 on the Convention for International Carriage by Air (Treaty Doc 106-45) and Protocol to Amend the Convention for Unification of Certain Rules Relating to International Carriage by Air (Treaty Doc 107-14) (29 July 2003) https:// www .congress .gov/ congressional -report/ 108th -congress/ executive -report/acsess date: 27.07.2025.
4. Dempsey, P.S. (2005). Aviation Liability Law. LexisNexis.
5. ICAO Legal Committee Report (2001). Unification of Certain Rules for International Carriage by Air. Legal Affairs Section. https://www.icao.int/secretariat/legal/Chronological%20Record/new_ratifications_2001.htm
6. Leloudas Georges. Risk and Liability in Air Law. Chapter VI.
7. Международная конференция по воздушному праву. (Конвенция для унификации некоторых правил международных воздушных перевозок). Монреаль, 10-28 мая 1999 г. T. I. Протоколы.// ICAO Doc. 9775.
8. Milde, M. (2008). International Air Law and ICAO. Eleven International Publishing.
9. Остроумов Н.Н. Правовой режим международных воздушных перевозок: монография. М.: Статут, 2015. 396 с.
10. Остроумов Н.Н. Проблемы унификации и совершенствования правового режима международных воздушных перевозок: дис. ... доктора юридических наук : 12.00.03 / Остроумов Николай Николаевич;— Москва, 2013. — С.414.
11. Садиков О.Н. Правовое регулирование международных перевозок. М.: Юрид. литература, 1981 С. 86-87;
12. Xalqaro havoda tashishning ayrim qoidalarini birlashtirish to'g'risidagi Monreal Konventsiyasi (1999 y.) https://www.iata.org/contentassets/fb1137ff561a4819a2d38f3db7308758/mc99-full-text.pdf
13. Xalqaro havoda tashishning ayrim qoidalarini birlashtirish to'g'risidagi Varshava Konventsiyasi (1929 y.) https://www.mcgill.ca/iasl/files/iasl/warsaw1929.pdf
14. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. // URL https://lex.uz/docs/-180552