OʻZBEK TILINI LINGVOKULTUROLOGIK YONDASHUV ASOSIDA OʻQITISH
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I12Y2025N62Kalit so'zlar
Lingvokulturologiya, til va madaniyat, lingvokulturema, madaniy universal tushunchalar, stereotiplar, autentik matnlar, nutqiy rivojlanish, verbal va noverbal ifodalar, til taʼlimi.Annotasiya
Bugungi kunda taʼlim rus tilida olib boriladigan maktablarda oʻzbek tili darslarining yanada qiziqarli va oʻquvchilardagi bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish uchun til va madaniyatning oʻzaro uygʻun tarzda oʻtilishiga alohida eʼtibor qaratilishi juda ham muhim usul hisoblanadi. Bu jarayonda oʻquvchi nazariy bilimlarni egallash bilan birga amaliyotda ham tilni qoʻllash, tasavvur hosil qilish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi. Shuningdek, bunday taʼlim muhitida oʻquvchining nafaqat nutqiy kompetensiyasi, balki uning mantiqiy fikrlash, tahlil qilish, qiyoslash qobiliyati va madaniyatlararo muloqot koʻnikmalari ortadi. Chunki oʻzbek tilidagi mavjud milliy oʻziga xos soʻzlar va tushunchalar oʻquvchini konseptual fikrlashga undaydi. Natijada oʻquvchi tilning asl mohiyatini tushunishni va madaniyatlararo kommunikatsiya jarayonidagi oʻzida mavjud boʻlgan boʻshliqlarni toʻldiradi. Shuning uchun ham til taʼlimida lingvokulturologik yondashuvning muhim ekanligini ushbu maqolada yetarlicha isbotlashga harakat qildik.
Manbalar
1. Верещагин Е. М., Костомаров В. Г. Язык и культура: Лингвострановедение в преподавании русского языка как иностранного. – 4-е изд. – М.: Русский язык, 1990
2. Красик.В.И. О котигориях лингвокулътурологии // Язиковая Личностъ: проблемы коммуникотивной деятелъности. -Волгоград.: 2001. – 76 с. 45
3. Mo‘minova “About the role of linguokulturology in modern linguistics. https://fledu.uz/2014. №4 (4) 23-27 B. (Access date: 14.05.2018)
4. Содиқова Ш.Б. Ўзбек тилини хорижий тил сифатида ўқитиш масалалари. “XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. – Тошкент, №2, 2017.
5. Xoliqov, Yunus Ortiqovich. “YANGI O‘ZBEKISTONDA BAG’RIKENGLIKNI RIVOJLANTIRISHDA MILLATLARARO ALOQALARNING MOHIYATI”. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2.Special Issue 23 (2022): 764-774.





