NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAXSLAR MEHNAT HUQUQINI TAʼMINLASHNING HUQUQIY KAFOLATLARI TAHLILI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I12Y2025N79Kalit so'zlar
nogironligi boʻlgan shaxslar, davlat, qonun, mehnat qonunchiligi, kvota, imtiyoz, ish bilan taʼminlash.Annotasiya
Maqolada, nogironligi boʼlgan shaxslarning mehnat qilish huquqlari va ularning huquqiy kafolatlari atroflicha tahlil qilingan. Maʼlumki, 07.07.2021 yilda nogironlar huquqlari toʼgʼrisidagi konvensiya Oʼzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilindi. Mazkur xalqaro darajadagi hujjatning ratifikatsiya qilinishi mamlakatimizda nogironligi boʼlgan shaxslarga nisbatan eʼtiborni kuchaytirdi. Shu maʼnoda, nogironligi boʻlgan shaxslarni ish bilan taʼminlash masalasiga ham ish beruvchilarning munosabati ijobiy tomonga oʻzgardi.
Shuningdek, maqolada, Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksida belgilangan nogironligi boʻlgan shaxslarga oid imtiyozlar ham huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka eʼtibor qaratadigan boʻlsak, qonunning 42-moddasida mazkur toifadagi shaxslarning mehnat huquqlarini taʼminlanishi bilan bogʻliq normalarni koʻrishimiz mumkin. Shu kabi huquqiy normalar tahlili maqolaning mazmun mohiyatini tashkil etadi.
Manbalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 30.04.2023. 42-M.
2. O‘zbekiston Respublikasi 641-sonli qonuni. Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida. 15.10.2020 yil. 42-M.
3. BMT tomonidan qabul qilingan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya. 13.12.2006. 27-M.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligiga koʻmaklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021 yil 21 dekabrdagi PQ-57-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 avgustdagi 486-son qarori. “Nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi.
6. O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi. 30.04.2023 yil.





