O‘ZBEK TILIDA SON VA SIFAT SO‘Z TURKUMLARINI POS TEGLASH ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH TAMOYILLARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6SI1Y2026N31Kalit so'zlar
oʻzbek tili, son, sifat, POS-teglash, pedagogik metodika, grammatik tushunish.Annotasiya
Ushbu tadqiqotda oʻzbek tili darslarida son va sifatlarni oʻrgatishda POS (Part-of-Speech) teglashning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – oʻquvchilarga son va sifatlarning grammatik xususiyatlarini samarali tushuntirish va ularni matnda toʻgʻri qoʻllashni taʼminlash uchun POS-teglash metodikasini ishlab chiqishdir.
Tadqiqot doirasida POS-teglash vositalaridan foydalangan holda matn bazasi tayyorlandi va oʻquvchilarning grammatik xatolari hamda tushunish darajasi pre-test va post-test usullari orqali baholandi. Metodologiya avtomatik teglash vositalari bilan qoʻlda tekshirishni integratsiyalashni oʻz ichiga oladi. Tajriba natijalari shuni koʻrsatdiki, POS-teglash asosida son va sifatlarni oʻrgatish anʼanaviy metodlarga nisbatan samaradorligi yuqoriroq boʻlib, oʻquvchilarning metalingvistik ongini rivojlantirish va xatolarni aniqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
Maqolada interaktiv darslar, raqamli mashqlar va xatolar tahlili kabi amaliy tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari asosida oʻqituvchilar va taʼlim muassasalari uchun POS-teglash asosida son va sifatlarni oʻrgatish boʻyicha amaliy yoʻriqnoma ishlab chiqilgan.
Manbalar
1. Manning et al., 2014; Jurafsky & Martin
2. Kudryavtsev, 2017; Xolmatov, 2020
3. Mansurova, Shaxinabonu. "SON SO ʻZ TURKUMINI GRAMMATIK POS TEGLASHNING LINGVISTIK MODELLARI." Uzbekistan: Language and Culture 2.2 (2024).
4. Sharipov, Maksud, et al. "UzbekTagger: The rule-based POS tagger for Uzbek ʻlanguage." arXiv preprint arXiv:2301.12711 (2023).
5. Bobojonova, L., Axundjanova, A., Ostheimer, PS, & Fellenz, S. (2025, yanvar). BBPOS: Oʻzbek tili uchun BERT asosidagi nutq qismlarini teglash. Kam manbali tillar uchun til modellari boʻyicha birinchi seminar materiallarida ( 287-293-betlar).
6. Eshankulova Shohista Xayitmuratovna “ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARI MAVZUNI O`QITISHDA ZAMONAVIY O`QITISH METODLARIDAN FOYDALANISH”.
7. SON SOʻZ TURKUMINI OʻQITISHGA DOIR METODIK TAVSIYALAR. (2025). Modern Education and Development, 27(3), 59-63.





