HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI BELGILAB BERUVCHI UMUMIY VA SOHAVIY-HUQUQIY HUJJATLAR TAHLILI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6SI1Y2026N56Kalit so'zlar
huquqbuzarliklar profilaktikasi, huquqiy asoslar, normativ-huquqiy hujjatlar, umumiy huquqiy hujjatlar, sohaviy qonunlar, Konstitutsiya, kodekslar, xalqaro konvensiyalar, huquqiy tizim, kodekslashtirish, huquqiy ong, profilaktika siyosati.Annotasiya
Mazkur maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini belgilab beruvchi umumiy va sohaviy-huquqiy hujjatlar tizimli tahlil qilingan. Muallif profilaktika faoliyatining samaradorligi, eng avvalo, uning huquqiy asoslarini toʻgʻri belgilash va ularni amaliyotga izchil joriy etishga bogʻliq ekanini ilmiy asosda yoritib beradi. Tadqiqotda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi hamda IIVning meʼyoriy-huquqiy hujjatlari tahlil qilinib, ularning huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlashdagi oʻrni, ahamiyati va oʻzaro uygʻunlik darajasi baholangan. Maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi normativ-huquqiy bazaning tahlili orqali mavjud muammo va kamchiliklar — normalarning takrorlanishi, oʻzaro nomuvofiqlik va huquqiy boʻshliqlar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Shuningdek, umumiy (Konstitutsiya, xalqaro hujjatlar) va sohaviy (kodekslar, maxsus qonunlar) huquqiy hujjatlar oʻrtasidagi bogʻliqlik ochib berilgan hamda profilaktika sohasidagi huquqiy asoslarni kodekslashtirish zarurati asoslab berilgan. Muallifning fikricha, huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy poydevori faqat milliy qonunchilik bilan cheklanmasdan, xalqaro standartlar va inson huquqlarini taʼminlovchi prinsiplar bilan uygʻunlashgan holda takomillashtirilishi lozim. Tadqiqot natijalari profilaktika sohasidagi huquqiy siyosatni yanada takomillashtirish, davlat va jamiyat institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Manbalar
1. Mirziyoyev Sh.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish – barqaror taraqqiyot kafolatidir: Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberaldemokratik partiyasining VIII syezdidagi ma’ruza. 2016-yil 2-noyabr//Xalq so‘zi.– 2016. – 3 noyab.
2. Abdullayev B.T. Huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari // Huquqbuzarliklar profilaktikasining dolzarb muammolari: nazariya, amaliyot va qonunchilik tahlili: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2022-yil 31-mart). – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2022. – 478 b.
3. Xo‘jaqulov S.B. Huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasini takomillashtirish (ichki ishlar organlari misolida): yurid. fan. bo‘yicha fal. d-ri. ... dis. – T., 2018. – B.17,37, 42,44, 45,47.;
4. «El tinchligini ta’minlash, barqarorlikni saqlash yo‘lida xodimlarimiz o‘z hayotini ham ayamaydi» – Po‘lat Bobojonov bilan katta intervyu// https://uza.uz/uz/posts/ichki1-ishlar-vaziri-el-tinchligini-taminlash-bar-arorlikni-s-15-08-2020.
5. Xojiyev E. Davlat boshkaruvi: Ilmiy-ommabop risola. - T., 2006. - B. 171.
6. Profilaktika inspektorlari faoliyatining huquqiy asoslari va ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari bilan hamkorligi: O‘quv-metodik qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2013. – B.66.; Saitqulov Q.A. Ichki ishlar organlari profilaktika xizmatlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini tashkil etish: O‘quv-amaliy qo‘llanma. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B.123. Ismailov I., va boshqalar Ichki ishlar organlarining profilaktika faoliyati. Mas ’ul muharrir Sh.T.Ikramov. Darslik. IIV Akademiyasi.2015.–B.326.; Ichki ishlar organlarining profilaktik faoliyati: Ma’ruzalar kursi / A.S.Tursunov va boshq. – T., 2018. – B.100-113.; Xo‘jaqulov S.B. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati: O‘quv qo‘llanma. – T., 2017. – B.107-108.
7. Ziyodullayev M.Z. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlarini boshqarishni takomillashtirish: yurid. fan. d-ri. ... dis. – T., 2006. – B.48. Muxtorov J.S. Ichki ishlar idoralari profilaktika xizmatlari tomonidan jinoyatlarning oldini olishni ta’minlash: yurid. fan. nomz.... dis. –T., 2009. – B.148.; Xo‘jaqulov S.B. Huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasini takomillashtirish (ichki ishlar organlari misolida): yurid. fan. bo‘yicha fal. d-ri. ... dis. – T., 2018. – B.17,37, 42,44, 45,47.; Saitqulov Q.A. Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasi faoliyatini takomillashtirish: yurid. fan. bo‘yicha fal. d-ri. ... dis. – T., 2020. – B.44.; Eshnazarov M.J., Huquqbuzarliklar maxsus profilaktikasini takomillashtirish (ichki ishlar organlari misolida): yurid. fan. bo‘yicha fal. d-ri. ... dis. – T., 2022. – B.56.
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://constitution.uz/uz/clause/index.
9. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. https://constitution.uz/uz/clause/index.
10. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi// https://constitution.uz/uz/pages/ humanrights
11. “Inson huquqlari va asosiy erkinliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Yevropa konvensiyasi //Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan huquqiy qo‘llanma. «Adolat» milliy huquqiy axborot markazi, 2025 y. – 71b.





