XX ASR BOSHIDA TURKISTONGA KELGAN RAFAEL PAMPELLI HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI TARIXI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I10Y2025N10Kalit so'zlar
Rafael Pampelli, geologiya, arxeologiya, Osiyo ekspeditsiyalari, Kopetdogʻ, Pomir, qadimgi dehqonchilik madaniyati, urbanizatsiya jarayonlari.Annotasiya
Mazkur maqolada XIX asrning mashhur amerikalik geologi va arxeologi Rafael Pampellining hayoti, ilmiy faoliyati va merosi keng yoritilgan. Pampelli Garvard universitetida tahsil olib, Yevropada ilmiy tajriba orttirgach, Osiyo mamlakatlariga qilgan ilmiy safarlari bilan tanildi. U Xitoy, Yaponiya, Markaziy Osiyo, Turkiston va Pomir togʻlarida olib borgan izlanishlari orqali geologiya faniga katta hissa qoʻshdi. Ayniqsa, Kopetdogʻ etaklarida topilgan qadimiy oʻtroq dehqonchilik madaniyati izlari jahon arxeologiyasi uchun muhim ilmiy yangilik boʻldi. Pampelli ilmiy izlanishlarida dala kuzatuvlari, stratigrafik tahlil va arxeologik qazishmalarni uygʻunlashtirgan holda tarixiy-geologik jarayonlarni izohlashga intildi. U oʻz tadqiqotlari orqali qadimgi Sharq jamiyatlarida urbanizatsiya, xoʻjalik shakllanishi va tabiiy muhit oʻzaro bogʻliqligini ilmiy asosda koʻrsatib berdi. Pampellining ilmiy merosi bugungi kunda ham geologiya, arxeologiya va tarix fanlarida dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Manbalar
1. Pampelli R. Across America and Asia. – New York: Leypoldt & Holt, 1870. – 442 p.
2. Pampelli R. Explorations in Turkestan: Expedition of 1904. – Washington: Carnegie Institution, 1905. – 324 p.
3. Fairchild H. L. Memoir of Raphael Pampelli // Geological Society of America Bulletin. – 1924. – Vol. 35. – P. 109–124.
4. Needham J. Science and Civilisation in China. – Cambridge: Cambridge University Press, 1954. – Vol. I. – 301 p.
5. Franke H. & Twitchett D. (eds.). The Cambridge History of China. – Cambridge: Cambridge University Press, 1978. – Vol. 6. – 742 p.