SHAHARLARDA ATROF MUHIT MASALALARINI HAL ETISHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI TAʼMINLASHNING HUQUQIY MASALALARI

Авторы

  • Goʻzal Uzakova

DOI:

https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I1Y2026N12

Ключевые слова:

atrof muhit masalalari, barqaror rivojlanish, jamoatchilik nazorati, ekologik nazorat, fuqarolik jamiyati institutlari.

Аннотация

Bugungi kunda dunyo aholisining aksariyati shaharlarda yashaydi. Aholi zich joylashgan hududlarda ekologik barqarorlikni taʼminlash Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish dasturida belgilangan maqsadlarga erishish uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, BMTning yangi Shaharsozlik dasturida (Habitat III) belgilangan qoidalar shaharlarning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim rolni oʻynaydi. Dunyo aholisi asosan antropogen oʻzgargan hududlarda, aniqrogʻi, aholi zich joylashgan hududlarda yashashini hisobga olsak, fuqarolar uchun qulay muhitni taʼminlash barqaror shaharsozlik orqali amalga oshiriladi. Shu sababli bugungi kunda shaharlarni koʻkalamzorlashtirish ishlariga mahalliy, mintaqaviy va hatto global miqyosda ahamiyat berilmoqda. Fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilikning bu jarayonda ishtiroki bir necha shakllarda amalga oshiriladi. Xususan, shaharlar va boshqa aholi punktlarining bosh rejalarini tasdiqlashda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish fuqarolarning mulkiy va boshqa huquqlarini himoya qilishda muhim vosita sifatida qaralmoqda. Oʻzbekiston Respublikasida uzoq yillik tarixiy anʼanalarga asoslangan fuqarolik jamiyati instituti boʻlgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari – shahar hududlarida ekologik monitoringda, shaharlarda axborot siyosatini amalga oshirishda, jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlikda, davlat hokimiyati organlari bilan faol sheriklik va hamkorlikda ishtirok etish, ekologik muammolarni hal qilishda shaharsozlik orqali yechimlar orqali shaharlarni rivojlantirishga qaratilgan boshqaruv faoliyatida ishtirok etishi mumkin.

Библиографические ссылки

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida ekologik taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-maydagi 434-son qarori // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.05.2019-y., 09/19/434/3189-son.

2. Хабриева Т.Я., Чиркин В.Е. Теория современной конституции. – М., 2005. – С. 171.

3. Декларация тысячелетия ООН. Принята резолюцией 55/2 Генеральной Ассамблеи ООН от 8 сентября 2000 г. // БМТнинг расмий веб-сайти – www.un.org

4. Утегенов О.Д. Экология соҳасида жамоатчилик назоратини ҳуқуқий таъминлашни такомиллаштириш: Юрид. фан. докт. (DSc) ... дисс. – Тошкент: ТДЮУ, 2020. – 302 б.

5. Международные руководящие принципы децентрализации и доступа к базовым услугам для всех. ООН – Хабитат. 2009. // БМТнинг расмий веб-сайти – www.un.org

6. Повестка дня Хабитат Конференции ООН по населенным пунктам (Хабитат II). Стамбул, 3—14 июня 1996 г. // БМТнинг расмий веб-сайти – www.un.org

Загрузки

Прислана

2026-01-19

Опубликован

2026-01-19

Как цитировать

Uzakova, G. (2026). SHAHARLARDA ATROF MUHIT MASALALARINI HAL ETISHDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINI TAʼMINLASHNING HUQUQIY MASALALARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 6(1), 106–112. https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I1Y2026N12