SUKUKNING NAZARIY POYDEVORI HAMDA TARIXIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI: ZAMONAVIY KAPITAL BOZORIDAGI OʻRNI
DOI:
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I4Y2026N40Ключевые слова:
sukuk, islom moliyasi, kapital bozori, qimmatli qogʻozlar, investitsiya instrumenti, shariatga muvofiq moliyalashtirish, aktivga asoslangan moliyalashtirish, risk va foydani taqsimlash, moliyaviy instrumentlar, tarixiy rivojlanish.Аннотация
Ushbu annotatsiyada sukukning nazariy poydevori, uning tarixiy shakllanish manbalari hamda
zamonaviy kapital bozoridagi oʻrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda sukuk islom moliyasi tizimining muhim moliyaviy
instrumenti sifatida koʻrib chiqilib, uning anʼanaviy obligatsiyalardan farqli jihatlari, xususan, real aktivlar bilan
bogʻliqligi, foyda va riskni taqsimlashga asoslanishi, foiz taqiqi bilan uygʻunligi hamda shariat talablariga mos
huquqiy tabiatiga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, sukukning dastlabki tarixiy ildizlari klassik islom savdo
va muomala amaliyotlari bilan bogʻliqligi, keyinchalik esa zamonaviy moliya tizimi ehtiyojlari taʼsirida u mustaqil investitsion vosita sifatida shakllanganligi yoritiladi. Annotatsiyada sukukning tarixiy-evolyutsion rivojlanish
bosqichlari ketma-ketlikda ochib berilib, uning dastlabki nazariy qarashlardan tortib, bugungi kunda xalqaro
moliya bozorlarida qoʻllanilayotgan murakkab emissiya mexanizmlarigacha boʻlgan taraqqiyot yoʻli baholanadi.
Bundan tashqari, sukukning zamonaviy kapital bozoridagi iqtisodiy va huquqiy ahamiyati, ayniqsa uzoq muddatli
investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmaviy loyihalarni moliyalashtirish, moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish
hamda muqobil investitsiya instrumentlari qatorini boyitishdagi roli ochib beriladi. Tadqiqotda sukukning xalqaro
moliya tizimida tobora keng qoʻllanilayotgani, uning nafaqat islomiy mamlakatlar, balki gʻarb davlatlari kapital
bozorlarida ham barqaror instrument sifatida namoyon boʻlayotgani qayd etiladi. Shu asosda maqolada sukukning
nazariy mohiyati, tarixiy taraqqiyoti va amaliy qoʻllanilishi oʻrtasidagi uzviy bogʻliqlik yoritilib, uning zamonaviy
kapital bozoridagi oʻrni kompleks baholanadi. Mazkur tadqiqot sukukni huquqiy va iqtisodiy nuqtai nazardan
chuqurroq anglashga, shuningdek, uni milliy qonunchilik va kapital bozori amaliyotiga joriy etish istiqbollarini
belgilashga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. Investitsiya huquqi. Toshkent 2009, 6-bet;
2. Tadjibaeva D. Small and Medium-Sized Enterprise Finance in Uzbekistan: Challenges and
Opportunities // ADBI Working Paper. — Tokyo: Asian Development Bank Institute,
2019. — № 997. — B. 6.
3. Investment Sukuk. — Manama (Bahrayn): Accounting and Auditing Organization for
Islamic Financial Institutions, 2017. — B. 468.
4. Ahmed E.R., Islam M.A., Hashim F. Sukuk – History and Development // Journal of
Business and Management. — 2013. — Vol. 6, No. 5. — B. 710.
5. Eris I. Historical Origins of Sukuk as a Popular Instrument in Modern Islamic Finance //
Journal of Islamic Economics, Banking and Finance. — 2013. — Vol. 9, No. 1. — B. 111.
6. Eris I. Historical Origins of Sukuk as a Popular Instrument in Modern Islamic Finance //
İslam Hukuku Araştırmaları Dergisi. — 2021. — № 38. — B. 108.
7. Ibn Manẓūr M. Lisān al-ʿArab. — Bayrut: Dār Ṣādir, nashr yili koʻrsatilmagan. — J. 1. — B.
457.
8. Jaffer S. (ed.). Islamic Asset Management: Forming the Future for Shari’a-Compliant
Investment Strategies. — London: Euromoney Books, 2004. — B. 72.
9. Udovitch A.L. Partnership and Profit in Medieval Islam. — Princeton: Princeton University
Press, 1981. — B. 309–311.
10. Goodwin J. Lords of the Horizons: A History of the Ottoman Empire. — London: Vintage
Books, 2003.
11. Vallely, P. (2006). How Islamic inventors changed the world. The independent, 11.
12. “SUKUK: YANGI HUQUQIY INSTITUTGA TARIXIY NAZAR”. A.Jumagulov, 35-bet.
13. Musari Kh. The Evolution of Waqf and Sukuk toward Sukuk-Waqf in Modern Islamic
Economy // Journal of Islamic Monetary Economics and Finance. — 2016. — Vol. 2, No.
1. — B. 46.
14. Jumagʻulov A.E. Sukuk: tarixiy nazar yangi huquqiy institutga // Yurisprudensiya:
huquqiy ilmiy-amaliy jurnal. — Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2025. —
№ 2 (5-son). — B. 34.
15. Barbour D., Norton J., Slover T. Asset Securitisation in Emerging Market Economies:
Fundamental Considerations // Yearbook of International Financial and Monetary Law.
— Oxford: Oxford University Press, 1997. — B. 281, 294.





