ALISHER NAVOIYNING “ARBA’IN” ASARIDAGI HADISLAR BAYONIDA G‘OYAVIY-BADIIY IFODA MUKAMMALLIGI

Mualliflar

  • Maysara Eshniyazova

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I8Y2024N41

Kalit so'zlar

hadis, nazm, qit’a, misra, bayt, mazmun, she’riy ifoda, badiiy g‘oya, ilmi hikmat, shakl, ma’no, uyg‘unlik.

Annotasiya

Alisher Navoiy o‘zining boy adabiy merosi hamda karim axloqi bilan nafaqat turkiy xalqlar, balki umuminsoniyat orasida alohida e’tiborga molik bo‘lgan siymo hisoblanadi. Nizomiddin Mir Alisher — barcha asarlarining tub magzida komil inson g‘oyasini targ‘ib qilgan, uning surati-yu siyratini chizib bergan ulkan alloma. Muallifning diniy-irfoniy asarlari haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Hazrat Navoiyning “Arba’in” asari uchun manba bo‘lgan hadislar, avvalo, mazmun-mohiyatiga ko‘ra mutafakkirning butun ijodiga xos bo‘lgan bosh g‘oya — komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, mo‘minlik, muslimlik shartlari, insoniylik mezonlari haqida so‘z yurituvchi sunnati nabaviydir. Muallif “Arba’in”da  hadislarning sanad qismini emas, faqat matnini asliyatda keltirgach, nazmda uning aynan turkiy tarjimasini bermaydi, balki har bir hadisning mazmun-mohiyatini sharhlashga, san’atkorlik bilan undagi ilm-u hikmatning ma’nosini ochib berishga, uni kitobxonga uqtirishga harakat qiladi. Shu bois hadislarning matni she’riy parchalarda turlicha ko‘rinishlarda aks etadi, lekin shoir har bir qit’ada ustalik bilan shakl va mazmun uyg‘unligiga erishadiki, natijada hadisning mazmuniga putur yetmaydi, aksincha, uning mohiyati yanada chuqurroq ochiladi, ma’nosi yorqinroq oydinlashadi, teranroq anglashiladi, ta’sirchanlik bir necha barobar ortadi. Ushbu maqolada mazkur jarayon bir necha misollar tahlili qilingan.

Manbalar

1. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 10-jild. Arba’in. Toshkent, 2011.

2. Alisher Navoiy asarlarining izohli lug‘ati. 4 tomlik. 1-4-tomlar. – Toshkent, “FAN” nashriyoti, 1983-1985-yillar.

3. “Arba’in”ning nasriy bayoni va taxriji. Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Husaynxon Yahyo Abdulmajid. - islom.uz

4. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-jomi' as-sahih. (1-jild). Arabchadan Zokirjon Ismoil tarjimasi. – Toshkent, 1991.

5. Pulatova Malohat. Hadislarda axloqiy qarashlar. /“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. 30-sentabr, 2021-yil.

6. Бадиий адабиёт ва тасаввуф тимсоллари. – Тошкент, 2010.

7. Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur. - www.ziyouz.com кутубхонаси.

##submission.downloads##

Yuborilgan

2024-08-31

Nashr qilingan

2024-08-31

Qanday ko'rsatish

Eshniyazova, M. (2024). ALISHER NAVOIYNING “ARBA’IN” ASARIDAGI HADISLAR BAYONIDA G‘OYAVIY-BADIIY IFODA MUKAMMALLIGI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(8). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I8Y2024N41