O‘ZBEKISTONDA UY-JOYNI MOLIYALASHTIRISHNI TARTIBGA SOLISH: IQTISODIY VA HUQUQIY JIHATLARI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I10Y2024N11Kalit so'zlar
Uy-joy huquqi, huquqiy munosabatlar, Uy-joy kodeksi, nizom, yo‘riqnoma, reglament, strategiya, konsepsiya, doktrina, dastur, uy-joy fondi.Annotasiya
Ushbu maqolada uy-joy huquqi, uy-joy bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, uy-joy huquqining tamoyillari va O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari tasnifi keltirib o‘tilgan. Shuningdek, maqola turli darajadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar guruhiga kiruvchi uy-joy moliyasiga doir qonun va qonunosti hujjatlari haqidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olgan. Uy-joy moliyasidagi asosiy qoidalarni tushuntirishda zarur me’yoriy-huquqiy kategoriyalarning ta’riflari ham tizimli tarzda bayon qilingan. Uy-joy huquqining predmeti uy-joy munosabatlari, ya’ni fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, uy-joylarning xususiy mulkka o‘tishi bilan uy-joy munosabatlari emas, balki uy-joyga nisbatan mulk huquqi – unga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli, fuqarolarning mulki bo‘lgan uy-joy, amalda to‘liq uy-joy huquqining harakat doirasidan chetga chiqadi va fuqarolik huquqiy tartibga solish obyektiga aylanadi.
Manbalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi (01.04.1999) Yangi tahrir (21.10.2021);
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida, 07.11.2019 yildagi O‘RQ-581-son. Kuchga kirish sanasi 01.08.2020;
3. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida. 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-son. Kuchga kirish sanasi 08.11.2024;
4. O‘zbekiston Respublikasining qonuni, Ipoteka to‘g‘risida, 04.10.2006 yildagi O‘RQ-58-son.
5. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 10.02.2005 yildagi PQ-3-son.
6. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 26.02.2019 yildagi 170-son;
7. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 25.03.2020 yildagi 182-son;
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 05.02.2021 yildagi 56-son;
9. Aholiga ipoteka krediti va uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish jarayonlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 14.10.2022 yildagi 601-son;
10. Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 11.03.2024 yildagi 124-son.
11. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom, 26.02.2019 yildagi 170-son;
12. Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom, 25.03.2020 yildagi 182-son;
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida, 28.01.2022 yildagi PF-60-son Farmoni
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida, 11.09.2023 yildagi PF-158-son Farmoni
15. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti, 2000-2005
16. Imomov, N. O‘zbekiston Respublikasi uy joy huquqi tushunchasi va tizimi. Toshkent: Cho‘lpon nomidagi NMIU, 2013 – 6-7 bet. ISBN 978-9943-05-607-7