INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA COVID-19 PANDEMIYASI SHAROITIDA SHAKLLANGAN KISHILAR JAMOALARINI IFODALOVCHI NEOLOGIZMLAR

Mualliflar

  • Saida Avlayeva

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/SPR1342V6SI1Y2026N28

Kalit so'zlar

COVID-19 neologizmlari, pandemiya leksikasi, kishilar jamoasi, ingliz tili, oʻzbek tili, semantika, morfologiya, pragmatika, ijtimoiy guruhlar.

Annotasiya

Ushbu maqolada COVID-19 pandemiyasi davrida ingliz va oʻzbek tillarida shakllangan kishilar jamoalarini ifodalovchi neologizmlar kompleks lingvistik tahlil qilingan. Pandemiya jahon miqyosida insonlarning turmush tarzi, ijtimoiy munosabatlari va kommunikatsiya shakllarida keskin oʻzgarishlarga sabab boʻldi. Bu oʻzgarishlar tilda yangi leksik birliklar – neologizmlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Maqolada ushbu neologizmlarning yuzaga kelish omillari, semantik mazmuni, morfologik tuzilishi va pragmatik xususiyatlari oʻrganiladi. Shuningdek, pandemiya davrida shakllangan ijtimoiy guruhlar, insonlarning xulq-atvori, ijtimoiy maqomi va pandemiyaga munosabatini aks ettiruvchi nomlarning tilda qanday ifodalangani tahlil qilinadi. Ingliz tilida paydo boʻlgan ayrim neologizmlarning oʻzbek tiliga kirib kelishi, moslashuv jarayonlari va milliy madaniy kontekstdagi oʻziga xos xususiyatlari ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari tilning ijtimoiy oʻzgarishlarga moslashuvchanligini va pandemiya kabi global hodisalar leksik tizimni boyitishini koʻrsatadi.

Manbalar

1. Сабурова Н.А., Кельмяшкин А.П. Семантическая характеристика англоязычных неологизмов о пандемии коронавирусной инфекции // Международный научно-исследовательский журнал, №6 (108), Часть 5, 2021. С 181-184.

2. Asif M., Zhiyong D., Iram A., Nisar M. Linguistic analysis of neologism related to coronavirus (COVID-19). Social Sciences & Humanities Open. Volume 4, Issue 1,2021.

3. Cambridge Dictionary: [Электрон ресурс]. URL: https://dictionary.cambridge.org (мурожаат санаси: 15.12.2025).

4. Merriam Webster [Electronic resource] / 2021 Merriam-Webster, Incorporated. – URL: https://www.merriam-webster.com (мурожаат санаси: 12.12.2025).

5. The fun of New Words [Электрон ресурс]. URL: https://www.macmillandictionaryblog.com/the-fun-of-new-words (мурожаат санаси: 19.12.2025)

6. Urban Dictionary [Электрон ресурс]. URL: https://www.urbandictionary.com (мурожаат санаси: 20.02.2025).

##submission.downloads##

Yuborilgan

2026-02-03

Nashr qilingan

2026-02-03

Qanday ko'rsatish

Avlayeva, S. (2026). INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA COVID-19 PANDEMIYASI SHAROITIDA SHAKLLANGAN KISHILAR JAMOALARINI IFODALOVCHI NEOLOGIZMLAR. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 6(S/1), 168–172. https://doi.org/10.47390/SPR1342V6SI1Y2026N28