OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA HARAKAT FEʼLLAR MUAMMOSI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6SI3Y2026N18Kalit so'zlar
harakat feʼllari, holat feʼllari, semantik tasnif, leksik-semantik mezon, energiya sarfi, jarayonlilik, feʼl klassifikatsiyasi, qiyosiy tahlil.Annotasiya
Mazkur tadqiqotdan koʼzlangan asosiy maqsad oʼzbek tilshunosligida harakat feʼllari muammosining nazariy asoslarini tahlil qilish, mavjud klassifikatsiyalarda qoʼllanilgan mezonlarni aniqlash hamda harakat va holat feʼllarini farqlashning izchil semantik mezonlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot vazifalari sifatida oʼzbek tilshunosligida feʼllarning maʼnoviy tasnifi yuzasidan bildirilgan qarashlarni (Sh. Jalolova, R. Sayfullayev, M. Sodiqova, A. Gʼulomov, S. Muhammedova va boshqalar) tahlil qilish, harakat feʼllari tushunchasiga berilgan taʼriflarni qiyoslash, tasniflarda qoʼllanilgan semantik, sintaktik va aspektual mezonlarning uygʼun yoki aralash holda qoʼllanilish holatlarini aniqlash hamda ularning nazariy izchilligini baholash belgilandi. Shuningdek, ingliz tilshunosligidagi feʼllar tasnifi (R. Dikson, B. Levin, Ch. Fillmore, L. Talmi va boshqalar) bilan qiyosiy tahlil oʻtkazilib, metodologik farqlar koʻrsatib berildi. Tadqiqotda deskriptiv, qiyosiy-tahliliy hamda tanqidiy-evolyuativ metodlardan foydalanildi. Deskriptiv metod asosida mavjud klassifikatsiyalar mazmunan bayon qilindi; qiyosiy metod yordamida oʻzbek va ingliz tilshunosligidagi tasnif yondashuvlari solishtirildi; tanqidiy yondashuv orqali turli tizimga mansub mezonlarning bir klassifikatsiya doirasida aralash qoʻllanishi natijasida yuzaga kelgan nazariy noaniqliklar asoslandi. Tadqiqot natijalariga koʻra, oʻzbek tilshunosligida feʼllarni semantik guruhlash koʻproq mazmuniy yaqinlikka tayangan holda amalga oshirilishi, biroq mezonlarning aniq va yagona tizim asosida shakllantirilmaganligi aniqlanadi. Ingliz tilshunosligida esa semantik tasniflar koʻpincha sintaktik, argument tuzilmasi yoki konseptual model bilan bogʻlangan holda tizimlashtirilganligi kuzatildi. Harakatni faqat mexanik trayektoriya bilan bogʻlash yondashuvi leksik-semantik jihatdan cheklangan ekani asoslab berildi. Muallif tomonidan harakat va holat feʼllarini farqlashda “aktiv energiya sarfi” hamda “jarayonlilik (ichki bosqichlarga egalik)” mezonlari taklif etildi va ushbu mezonlar asosida harakat hamda holat feʼllarining konseptual-semantik tafovuti izohlandi.
Manbalar
1. Dixon, R. M. W. (2005). A semantic approach to English grammar (2nd ed.). Oxford University Press.
2. Fellbaum, C. (Ed.). (1998). WordNet: An electronic lexical database. MIT Press.
3. Fillmore, C. J., Johnson, C. R., & Petruck, M. R. L. (2003). Background to FrameNet. International Journal of Lexicography, 16(3), 235–250.
4. Gʻulomov, A. (1954). Fe’l. In Hozirgi oʻzbek tili kursidan materiallar (pp. 16–56). Fan.
5. Hojiyev, A. (1973). Fe’l. Fan. (Alisher Navoiy kartatekasidan olib yozilgan)
6. Jalolova, S. M. (2019). Ingliz va oʻzbek tillarida fe‘l turlarining chogʻishtirma tadqiqi (Doctoral dissertation). Toshkent.
7. Levin, B. (1993). English verb classes and alternations: A preliminary investigation. University of Chicago Press.
8. Mahmudov, N., Sobirov, A., Nabiyeva, D., & Nurmonov, A. (2017). Oʻzbek tili: Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik. Tasvir nashriyot uyi.
9. Mengliyev, B., & Xoliyorov, Oʻ. (2008). Oʻzbek tilidan universal qoʻllanma: Talaba va abituriyentlar uchun qoʻllanma. Fan nashriyoti.
10. Muhamedova, S. X. (2007). Oʻzbek tilida harakat fe’llarining semantik va valentlik xususiyatlari (Doctoral dissertation). Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
11. Orazov, M. (1983). Oʻzbek tili harakat fe’llari. Sovet maktabi, (12), 30.
12. Sayfullayev R. R., Mengliyev, B. R., Boqiyeva, G. H., Qurbonova, M. M., Yunusova, Z. Q., & Abuzalova, M. Q. (2009). Hozirgi oʻzbek adabiy tili: Oʻquv qoʻllanma. Fan va texnologiya.
13. Sharipova, Oʻ. (1995). Oʻzbek tilidagi yumush fe’llarning ma’no valentliklari (Doctoral dissertation). Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti.
14. Sodiqova, M. S. (1991). Hozirgi oʻzbek adabiy tilida fe’l stilistikasi (Semantik aspektda) (Doctoral dissertation). Toshkent.
15. Talmy,L. (2000). Toward a cognitive semantics: Vol. II. Typology and process in concept structuring. MIT Press.
16. Toʻxliyev, B., Shamsiyeva, M., & Ziyodova, T. (2006). Oʻzbek tili oʻqitish metodikasi: Oʻquv qoʻllanma. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgʻarmasi nashriyoti.
17. Халиков, К. (1967). Глаголй движения в современном узбекском литературном язйке (Cандидате диссертатион абстраcт). Самарқанд.





