ISTEʼMOLCHILIK JAMIYATIDA AHOLINING ISTEʼMOL MEʼYORI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I10Y2025N37Kalit so'zlar
isteʼmol jamiyati, isteʼmol meʼyori, postindustrial jamiyati, tovar va xizmatlar, xristian va musulmon isteʼmol axloqi, tejamkorlik, daromad va oqilona xarajatlar.Annotasiya
Maqolada isteʼmolchilik jamiyatida aholining isteʼmolchilik kayfiyati va moʻljallarining transformatsiyasi sotsiologik, iqtisodiy, psixologik nuqtai nazardan nazariy tahlillar amalga oshirilgan. Jamiyat taraqqiyoti sanoatlashuvi tufayli ishlab chiqarishning beqiyos darajada oʻsishi bilan mahsulotlarni sotish borasida korxonalarning raqobati keskin tus oladi. Bu hol ijtimoiy-iqtisodiy hayotda isteʼmolchilik jamiyatining rivojlanish jarayoniga mos boshqaruv bilan birga aholining isteʼmol meʼyorlarini qadriyatlashtirishga ehtiyojni tugʻdiradi. Isteʼmolchilik jamiyatining shakllanishida ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarni sotish uchun isteʼmolchini turli yoʻllar bilan manipulyatsiyasi ham avj oladi.Natijada aholining feʼl-atvori va kayfiyatida bozor va savdo rastalarida aylanish, mahsulotlarni tomosha qilish, va sotib olish oʻziga xos isteʼmol odatiga aylanadi. Xorijiy ilmiy adabiyotlarda isteʼmolchilik jamiyatining taʼrif va talqinlari Erix Fromm va Djon Bodriyard tomonidan atroflicha amalga oshirilgan. XX-asr iqtisodiyot nazariyasida olimlar isteʼmolchilik jamiyatining industrial taraqqiyotning uch toʻlqini haqida ilmiy tahlillarni oʻtkazganlar. Shu maʼnoda maqolaning maqsadi yangi Oʻzbekistonda isteʼmolchilik jamiyatining oʻziga xos etnokonfessional jihatlariga tayangan holda “Isteʼmol meʼyori” ijtimoiy qadriyat sifatida ilmiy muhokamaga qoʻyishdir. Shu bilan birga isteʼmolchilik jamiyatining jamiyat taraqqiyotida shaxs maʼnaviy-axloqiy qiyofasiga taʼsiri ochib beriladi.
Manbalar
1. Sapozhnikov E.I., G‘arb mamlakatlaridagi iste’mol jamiyati // Falsafa savollari. -2007. -№ 10. В. 53-63b.
2. Marks K., Engels F. To‘liq asarlar. 39 jildda / 2-nashr. jild. 12. Moskva: Siyosiy adabiyot nashriyoti, 1955-1974, 709-738b.
3. Veber M., Iqtisodiyot tarixi: Umumiy ijtimoiy va iqtisodiy tarixga oid insho. Petrograd: Nauka i Shkola, 1923, 240b.
4. Veblen T., Bo‘sh vaqt sinfi nazariyasi: institutlarni iqtisodiy o‘rganish. -Nyu-York: Makmillan kompaniyasi, 1899. -184b.
5. Simmel J., Ijtimoiy farqlash: sotsiologik va psixologik tadqiqotlar / Nemis tilidan N.N.Vokach, I.A.Ilyin tomonidan tarjima qilingan; Ed. B.A.Kistyakovskiy. Moskva: Sabashnikov nashriyoti, 1909,323b.
6. Burdiye P., Gapirish nimani anglatadi: til almashinuvi iqtisodiyoti, A. Fayard, 1982. -243b.
7. Bodriyard Dj., Imkonsiz almashinuv / Tr. fr dan. K. Tyorner. Nyu-York: Verso Books., 2001,160b.
8. Fromm E., Inson yolg‘iz / URL: https://monocler.ru/chelovek-odinokerih-fromm/ (дата обращения: 03.02.2017).
9. Bekker G., Inson xatti-harakati: Iqtisodiy yondashuv. Moskva: Oliy Iqtisodiyot maktabi nashriyoti, 2003, 672b.
10. Lankaster K., Iste’molchi talabi: yangi yondashuv. Nyu-York: Kolumbiya universiteti. Pr., 1971, 177b.
11. Stigler J., Axborotning iqtisodiy nazariyasi // Iqtisodiy fikrdagi belgilar. jild. 2. Firma nazariyasi / Ed. tomonidan V.M. Galperin. Sankt-Peterburg: Iqtisodiyot maktabi, 2000,507-529b.
12. Dyuzenberri J., Daromadni tejash va iste’molchi xulq-atvori nazariyasi. Kembrij, MA: Garvard universiteti nashriyoti, 1949. 152b.
13. Fridman M., Iste’mol funktsiyasi nazariyasi. Princeton, NJ: Princeton University Press, 1957. 243b.