INGLIZ VA OʻZBEK DIPLOMATIK DISKURSIDA LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLAR VA TERMINOLOGIK TIZIMNING TALQINI
Kalit so'zlar
https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I12Y2025N58Kalit so'zlar
diplomatik diskurs, leksik-semantika, terminologik tizim, semantik maydon, sinonimiya, antonimiya, diplomatik tarjima, lingvopragmatikaAnnotasiya
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek diplomatik diskursining leksik-semantik xususiyatlari hamda undagi terminologik tizimning shakllanish tamoyillari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Diplomatik nutq oʻziga xos institutsional janr boʻlib, undagi til birliklari siyosiy neytrallik, rasmiy muloqot madaniyati, murosaga chaqiruv va kommunikativ xavfsizlikni taʼminlashga xizmat qiladi. Tadqiqotda 2-bob materiali asosida diplomatizmga xos terminlarning semantik maydon strukturasi, ularning paradigmatik va sintagmatik munosabatlari, sinonimiya-antonimiya tizimi, xalqaro terminlarning milliy diskursga moslashuvi va tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik nomuvofiqliklar tahlil etiladi. Ingliz tilidagi agreement, accord, treaty, memorandum kabi terminlarning huquqiy kuch darajasi va ularning oʻzbek tilidagi kelishuv, bitim, shartnoma, memorandum kabi muqobillari orasidagi semantik tafovutlar misollar asosida yoritiladi. Shuningdek, oʻzbek diplomatik tilida yumshatuvchi leksik vositalar, eʼtibor qaratishning bilvosita usullari va madaniy jihatdan motivatsiyalashgan diplomatik etiketning lingvopragmatik taʼsiri ochib beriladi. Tadqiqot natijalari ikki til diplomatik diskursidagi leksik-semantik tafovutlarning xalqaro aloqalar, diplomatik tarjima va madaniyatlararo muloqot samaradorligiga taʼsirini koʻrsatadi.
Manbalar
1. Ibragimov A. Diplomatik til va nutq madaniyati. Toshkent Fan 2021.
2. Xasanov B. Xorijiy siyosiy matnlar tarjimasi masalalari. Toshkent Yangi asr avlodi 2020.
3. Телия В. Н. Русская фразеология Семантика прагматика культура. Москва Наука 1996.
4. Safarov Sh. Lingvokulturologiya asoslari. Toshkent Fan 2019.
5. Карпова Т. Г. Дипломатический дискурс и его языковые особенности. Москва ИНИОН РАН 2017.





