BAGʻRIKENGLIK GʻOYASINING TASAVVUFIY-FALSAFIY TAHLILI (Maxdumi Aʼzamning “Risolai tanbeh ul-ulamo” asari asosida)
DOI:
https://doi.org/10.47390/SPR1342V6SI1Y2026N15Ключевые слова:
bagʻrikenglik, tasavvuf, Maxdumi Aʼzam, zohir va botin, valiylik, fano, inson kamoloti, islom falsafasi, inson fitrati, komil murshid, maʼnaviy kamolot.Аннотация
Mazkur maqolada Maxdumi Aʼzam (XV–XVI asr)ning “Risolai Tanbeh ul-ulamo” asarida zohiriy ilmga mutaassiblik va botiniy maʼrifatdan uzilish inson tafakkurida maʼnaviy torlikni yuzaga keltirishi ifodalangan tasavvufiy qarashlar asosida bagʻrikenglik, maʼnaviy sabr, boshqani inkor qilmaslik va botiniy kamolotga hurmat masalalari falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda zohiriy ilm bilan cheklanib qolgan ulamolarning tariqat ahliga nisbatan murosasiz munosabati tanqid qilinib, inson kamoloti faqat zohiriy amallar bilan emas, balki botiniy tarbiya, hol va maʼrifat orqali kamol topishi asoslab beriladi. Maqolada bagʻrikenglik gʻoyasi inson fitrati, vujud konsepsiyasi va valiylik taʼlimoti bilan bogʻliq holda ochib berilgan.
Mazkur maqolada islom tasavvufi doirasida shakllangan bagʻrikenglik gʻoyasining falsafiy asoslari tahlil qilinadi. Asarda Maqolada zohir va botin nisbati, inson fitrati, fano tushunchasi hamda komil murshid irshodining bagʻrikenglik shakllanishidagi oʻrni ochib beriladi. Tasavvufiy bagʻrikenglik axloqiy chaqiriq emas, balki insonning maʼnaviy kamolot darajasini ifodalovchi ontologik holat sifatida talqin qilinadi.





