OʻZBEKISTONDA OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARINI FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM INSTITUTI SIFATIDA ISLOH ETISH JARAYONI

Mualliflar

  • Manzuraxon Yunusova

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I1Y2026N06

Kalit so'zlar

fuqarolik jamiyati, oʻzini oʻzi boshqarish organlari, mahalla instituti, nomarkazlashtirish, jamoatchilik nazorati, demokratik islohotlar, ijtimoiy hamkorlik, huquqiy davlat, “Obod va xavfsiz mahalla”.

Annotasiya

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida isloh etish jarayoni tizimli va kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda mahalla institutining tarixiy shakllanishi, huquqiy-meʼyoriy asoslari, davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish jarayonidagi oʻrni hamda jamoatchilik ishtirokini taʼminlashdagi funksional imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mustaqillik yillarida, ayniqsa 2017-2023-yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar doirasida mahalla institutini takomillashtirishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati ochib beriladi. Tadqiqotda oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ijtimoiy himoya, jamoatchilik nazorati, huquqbuzarliklar profilaktikasi, oilalar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimidagi roli tahlil qilinib, ularning fuqarolik jamiyati barqaror rivojlanishidagi ahamiyati ilmiy asosda xulosalanadi.

##submission.downloads##

Yuborilgan

2026-01-19

Nashr qilingan

2026-01-19

Qanday ko'rsatish

Yunusova, M. (2026). OʻZBEKISTONDA OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARINI FUQAROLIK JAMIYATINING MUHIM INSTITUTI SIFATIDA ISLOH ETISH JARAYONI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 6(1), 59–68. https://doi.org/10.47390/SPR1342V6I1Y2026N06