AYBLOV TUSHUNCHASI, TURLARI VA UNING JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQ TIZIMIDAGI OʻRNI

Mualliflar

  • Keulimjay Uteniyazov

Kalit so'zlar

https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I10Y2025N63

Kalit so'zlar

ayblov, ayblanuvchi, ommaviy ayblov, xususiy ayblov, xususiy-ommaviy ayblov, jinoiy taʼqib, tergov, prokuror nazorati, sud muhokamasi.

Annotasiya

Mazkur maqolada ayblov institutining jinoyat-protsessual huquq tizimidagi oʻrni, uning tushunchasi va turlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning predmeti sifatida ayblov institutining huquqiy tabiatini belgilovchi normalar, mavzusi sifatida esa ayblovning shakllanishi, rivojlanishi va huquqiy tizimdagi funksional ahamiyati tanlangan. Tadqiqotning maqsadi ayblov institutining mohiyatini ochib berish, uning turli koʻrinishlarini tasniflash hamda jinoyat protsessida davlat va shaxs manfaatlarining muvozanatini taʼminlovchi mexanizm sifatidagi oʻrnini aniqlashdan iborat. Mavzuning dolzarbligi ayblov institutining nafaqat davlat ayblovini amalga oshirishda, balki jabrlanuvchi manfaatlarini himoya qilishda ham asosiy vosita sifatida xizmat qilishi bilan belgilanadi. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy, tahliliy, umumlashtirish, induksiya va deduksiya metodlaridan foydalanilgan. Ayblov institutining uch turi — ommaviy, xususiy va xususiy-ommaviy shakllari mavjudligi asoslab berilgan, ularning huquqiy tabiati, qoʻllanish sohasi va jinoiy taʼqibni amalga oshirishdagi oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, ayblov faoliyatining bosqichlari — jinoyat ishini qoʻzgʻatish, tergov, prokuror nazorati va sud muhokamasi jarayonida uning evolyutsiyasi tahlil qilingan. Maqolada ilgari surilgan xulosalar jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish hamda odil sudlov samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Manbalar

1. Jinoyat-protsessual huquq: Darslik / Yuridik fanlar doktori, professor M. A. Rajabova tahriri ostida (To‘ldirilgan va qayta ishlangan uchinchi nashri). – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2019. – 30-bet.

2. Жиноят процессида таъкиб фаолиятини такомиллаштиришнинг назарий, амалий ва қонунчилик муаммолари /Ф.М.Мухитдинов; масъул муҳаррирю. ф.д., проф. Р.Ж. Рўзиев; Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги, Тошкент давлат юридик институти - Тошкент: Фалсафа ва ҳуқук нашриёти, 2012. – б 85.

3. Jinoyat-protsessual huquqi. Maxsus qism. // Mualliflar jamoasi. Toshkent: TDYU nashriyoti, 2018. 75-bet.

4. Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2003 йил 19 декабрдаги 17-сонли «Гумон қилинувчи ва айбланувчини ҳимоя ҳуқуқи билан таъминлашга оид қонунларни қўллаш бўйича суд амалиёти тўғрисида»ги қарорининг 8-банди — https://lex.uz/docs/-1453755

5. Шарафутдинов А. Дастлабки тергов фаолиятининг стратегик йўналишлари // Ҳуқуқ. Право. Law, 2005. Апрель-июнь. -Б. 45.

6. Бекматова Д.Ш. Ўзбекистон Республикасининг жиноят процессида жиноий таъқиб функциясининг шаклланиши ва уни такомиллаштириш: Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) … дис. автореф. – Т., 2020. – Б.15.

7. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси - https://lex.uz/docs/-6445145

8. Уголовно-процессуальный кодекс Российской Федерации от 18 декабря 2001 года № 174-ФЗ - https://continent-online.com/Document/?doc_id=30407315#pos=6;

9. Уголовно-процессуальный кодекс Республики Казахстан от 4 июля 2014 года № 231-V - https://continent-online.com/Document/?doc_id=31575852#pos=4;

10. Уголовно-процессуальный кодекс Кыргызской Республики от 28 октября 2021 года № 129 - https://continent-online.com/Document/?doc_id=36639004#pos=6;

11. Рашидов Б. Н. Проблемы, связанные с механизмом применения института частного обвинения по Уголовно-процессуальному законодательству Республики Узбекистан //Проблемы современной науки и образования. – 2020. – №. 7 (152). – С. 74-78.

12. Старовойтов А.А. Особенности производства по делам частного обвинения: Автореф. дис. ... канд. юрид. наук. – Москва, 2005. – С.6.— URL: https://www.dissercat.com/content/osobennosti-proizvodstva-po-delam-chastnogo-obvineniya/read

13. Ouziel L. M. Prosecution in Public, Prosecution in Private //Notre Dame L. Rev. – 2021. – Т. 97. – С. 1071.

##submission.downloads##

Yuborilgan

2025-10-12

Nashr qilingan

2025-10-12

Qanday ko'rsatish

Uteniyazov, K. (2025). AYBLOV TUSHUNCHASI, TURLARI VA UNING JINOYAT-PROTSESSUAL HUQUQ TIZIMIDAGI OʻRNI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 5(10), 364–370. https://doi.org/10.47390/SPR1342V5I10Y2025N63