TIJORAT BANKLARIDA JISMONIY SHAXSLAR KREDITLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI

Mualliflar

  • Jaxongir Abdusalomov

DOI:

https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I5Y2024N13

Kalit so'zlar:

tijorat banklari, kredit portfeli, jismoniy shaxslar krediti, risklar, takomillashtirish, O’zbekiston.

Annotatsiya

Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlanishning asosiy tayanchi - tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlar bo’lib hisoblanadi. So’nggi yillarda mamlakatimizda moliya xizmatlari ommabopligini kengayishi hamda davlat dasturlari doirasida aholining keng qatlamiga moliyaviy ko‘maklar berilayotganligi tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga kreditlar ajratishning jadallashuviga turtki bo‘ldi. Kreditlar tarkibida uy xo‘jaliklari sektorining kredit faolligi sezilarli tarzda ortib bormoqda. Jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoldig‘ining oxirgi yillar davomida davomiy ortib borishi, shuningdek ajratilgan kreditlarning YaIMga nisbatan o‘sib borishi aholining qarz yuki darajasi mo‘tadil oshib borayotganligi bilan ifodalanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ushbu sektorda xatarlarning to‘planib borishi va qarzdorlarning moliyaviy holatining yomonlashishi natijasida kelib chiqadigan defolt holatlarining ko‘payishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada tijorat banklarining jismoniy shaxslar kreditlarini takomillashtirish masalalari ko’rib chiqilib, tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga ajratiladigan kreditlarning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

O’zbekiston Markaziy Banki, Kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti ma’lumotlari: “Bank tizimi daromadliligi tahlili”, 2023-yil 1-yanvar.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliyaviy barqarorlik departamenti tomonidan tayyorlangan “Qarz yuki tahlili va xatarlar” ma’lumotlari.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Statistik-byulleteni” - 2018, 2019, 2020, 2021, 2022-yillar ma’lumotlari.

Otamurodov H.H. “Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishni takomillashtirish”, PhD ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. avtoreferati. – Toshkent, 2019-yil.

T.Rasulov va X.Ziyodilloyev (2024), “Tijorat banklari kredit portfelini optimallashtirish”, Monografiya, Toshkent.

Mohammad J. M., “Optimal Bank Loan Portfolio in Iranian’s Banks”, Research Journal of Finance and Accounting, ISSN 2222-1697, Vol.4, No.2, 2013.

Yuklashlar

Nashr etilgan

2024-05-21

Havola

Abdusalomov, J. (2024). TIJORAT BANKLARIDA JISMONIY SHAXSLAR KREDITLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO’NALISHLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 4(5). https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I5Y2024N13