MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA INNOVATSION TA’LIM MUHITININING TA’LIM -TARBIYA JARAYONIGA TA’SIRI
DOI:
https://doi.org/10.47390/SPR1342V4I5Y2024N69Kalit so'zlar:
kognitiv, komil shaxs, ijtimoiy moslashuv, fokal, innovatsion muhit, ta’lim-tarbiya jarayoni, triz texnologiyasi, tassurotni boyitish,kreativlik, qayta hikoya qilish, og‘zaki nutq, individual ishlash, dunyoqarashini kengaytish.Annotatsiya
Bu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida innovatsion ta’lim muhitini ta’lim tarbiya jarayoni va pedagoglar faoliyatiga ta’sirini rivojlantirishning muhim yo‘llari bayon etilgan. Hozirgi zamon talabiga muvofiq tarzda jamiyatning har bir bog‘inida innovatsiyani targ‘ib etmasdan turib , hech qanday yuksaklikka erishib bo‘lmaydi.Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar zamirida ham innovatsion ta’lim muhiti orqali ta’lim sifatini rivojlantirish o’z aksini topmoqda. Shu bilan birga tajriba-sinov ishlari orqali maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim va tarbiyasi jarayonida innovatsion ta’lim muhitining o‘rni va ahamiyati misollar orqali asoslab berilgan. Davlatimiz uchun har tomomlama yetuk, komil shaxsni tarbiyalashda va ta’lim -tarbiya berishda: innovatsion muhitini aynan ta’limning quyi pog‘onasi bo‘lmish maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlash juda muhim o’rin tutadi. Innovatsion muhit nafaqat tarbiyalanuvchilar balki tarbiyachi pedagoglar uchun ham ikki tomonlama samarali jarayonni tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonida yaratigan muhit asosiy mezon hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 2017-yil 7-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son “2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA”
Turdiyev N.Sh., Asadov Y.M., Akbarova S.N., Temirov D.Sh. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. – T., 2015. 10-17-betlar.
Rasulov R., Mo‘ydinov Q. Nutq madanyati va madanyati san’ati. O‘quv qo‘llanma. –T., 2010. 28-30-b.
Nematjonova Yu. O‘qituvchi shaxs siymosi. Referat. 2016-yil. 2-6-betlar.
Jo‘rayev B.O. Bola-olam bezagi. Pedagoglar uchun uslubiy qo‘llanma. Namangan 2017y 7-betlar.