Jurnal haqida

Ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb muammolari (scienceproblems.uz) ilmiy-amaliy elektron jurnal boʻlib, u rasman 2020-yil 6-avgust kuni 1368-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

Jurnal 2020-yildan buyon nashr etiladi.

Jurnalning maqsadi
Ijtimoiy-gumanitar fanlar boʻyicha dolzarb va ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy-amaliy izlanishlar natijalarini chop etish va oʻquvchiga yetkazish hisoblanadi.

OAK Roʻyxati
Jurnal Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2022-yil 30-noyabrdagi 327/5-son qarori bilan tarix, iqtisodiyot, falsafa, filologiya, yuridik va pedagogika fanlari boʻyicha ilmiy darajalar boʻyicha dissertatsiyalar asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar roʻyxati (Roʻyxatga) kiritilgan.

Nashrning tili
Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

Jurnalning boʻlimlari
Nashrda asosan tarix, iqtisodiyot falsafa, filologiya, yuridik va pedagogika fanlari boʻyicha maqolalar chop etiladi.
Shuningdek, psixologiya, sanʼatshunoslik siyosiy, sotsiologiya fanlari boʻyicha ham maqolalar qabul qilinishi mumkin.

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi
Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul. Eʼlon qilingan nashrlar scienceproblems.uz saytining arxiv boʻlimida joylashtirilgan.

Taqrizlash siyosati
Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi koʻrsatilmagan holda tegishli soha boʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.

Antiplagiat tekshiruvi
Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirib chiqiladi va oʻzlashtirish darajasi 15 foizdan oshmasligi (originallik 85 foizni tashkil etishi) lozim.

Nashrning davriyligi
Jurnal qoida tariqasida bir oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek, tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop etilishi mumkin.

ISSN
Nashrning xalqaro standartlar asosida boʻlishini taʼminlash maqsadida unga ISSN 2181-1342 raqami olingan.

Crossref DOI
Tahririyat Crossref DOI ning rasmiy aʼzosi hisoblanadi va 10.47.390 DOI prefiksiga ega. Har bir nashr va ilmiy maqolaga individual Crossref DOI raqami beriladi.

Muassis
Jurnal “SCIENCEPROBLEMS TEAM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan taʼsis etilgan.

Tahririyat
Manzili: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyogʻoch koʻchasi, 70/10-uy.
Elektron manzil: scienceproblems.uz@gmail.com
Telegram kanal: https://t.me/scienceproblems_uz
Telefon raqami (telegram): +998996020984

Joriy son

Jild 4 Raqam S/4 (2024): SCIENCEPROBLEMS.UZ-ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ
					Jild 4 Raqam S/4 (2024): SCIENCEPROBLEMS.UZ-ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАРНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ sonini ko'rish
Nashr etilgan: 2024-06-30
Barcha sonlarni ko'rish